13/02/2025

    Joriy yilning 13- fevral kuni To‘rtko‘l tumani 1- sonli ixtisoslashtirilgan maktabida “O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda To‘rtko‘l tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilgan bu maʼlumotlar respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarini manzilli ishlab chiqishda muhim axborot bazasi bo‘lib xizmat qilishi takidlandi.