28/07/2021

2021- yilning yanvar-iyun oylarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 2248,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 116,1 % ni tashkil etdi. Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 152,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 6,8 % % ga teng. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 2096,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 93,2 % ga teng. Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 325,1 mlrd. so‘mni tashkil etib Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1516,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari 406,9 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 

Axborot xizmati