So'nggi yangiliklar

2023- yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylarda jami 2,16 million dona eksponatlar mavjud.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida Beruniy tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 441,6 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 94,2 foizni tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-fevral oyida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 504 ta bo‘lib, ular 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 barobarga oshgan.

Oʻzbekistonda 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 238,4 tonna quyultirilgan sut va qaymoq ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 3,4-martaga oshgan.

2023-yil yanvar-fevral oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlar hajmi 29 165,4 mlrd. soʻmga teng boʻlib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 47,2 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 67,4 ​​mlrd. so‘mga yetdi yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,9 % ini tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Amudaryo tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 101,3 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 101,2 % % ni tashkil etdi.

2022- yil oxiriga umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining uzunligi 42 869 kmni tashkil etib, 2017- yilga (42 695 km) nisbatan 174 kmga yoki 0,4 %ga oshgan.

Oʻzbekistonda 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 104,3 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1,4 ming tonna limon eksport qilgan.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni, 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 barobarga oshgan bo‘lib, ularning so’nggi besh yildagi dinamikasi quyidagiсha:

2023-yilning yanvar-fevral oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 barobarga oshgan bo‘lib, ularning  so’nggi besh yildagi dinamikasi quyidagicha:

2022- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy hajmda kichik tadbirkorlikning eng yuqori ulushlariga ega bo‘lgan sohalar – qishloq xo‘jaligida 94,0 %, chakana savdoda 92,9 %, qurlilishda 90,1 %, xizmatlar sohasida 49,9%, sanoatda 21,0 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda 2023- yil yanvar-fevral oylarida jami 114 dona avtobus ishlab chiqarilgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylariida Bo‘zatov tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 122,0 mlrd. so‘mni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,3  foizni tashkil qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan joriy yilning yanvar-fevral oylarida Qo‘ng‘irot tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 171,1 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 112,3 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 134,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 5 026 ta yengil avtomobil import qilgan.

2023- yilning 1- yanvar holatiga respublika boʻyicha oʻrtacha bir kishiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni 18,5 kv.m.ni tashkil etib, 2022-yilga (18,2 kv.m) nisbatan 0,3 kv.m.ga koʻpaygan.