Joriy yilning 17-yanvar kuni kuni Nukus shahar “Tinishliq” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27- dekabr kungi 897- sonli “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 6-yanvar kungi 1-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi. Tadbir ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.