03/01/2025

    Joriy yilning 3- yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

 

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 29-noyabr kungi 796-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida o‘qib eshittirildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.