07/02/2025

     Joriy yilning 7-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi. Unda statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.

     Seminarda tadbirkorlarning vaqt va mablag' bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarini qisqartirish maqsadida 2025-yil 1-maydan tadbirkor tomonidan tan olingan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha soliq organi tomonidan ushbu tadbirkorning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni toxtatib qoyish tartibi joriy etilishi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiningFuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2025-yil 30-yanvar kungi PQ-33-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida o‘qib eshittirildi.

     Shuningdek, aholining oziqlik qimmatiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan xavfsiz ovqatlanishini ta'minlashga, samarali bozor mexanizmlarini shakllantirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqarishga nisbatan tatbiq etiladigan “Oziq-ovqat xavfsizligi to'g'risida”gi Qonun 2025-yil 3-fevral kungi ORQ-1023-sonli Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.

     Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.