Joriy yilning 14-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʼtkazish jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solinishini belgilaydigan, tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga taʼsir koʼrsatuvchi qonun hujjatlarining ijrosi ular kuchga kirgandan soʼng 5 yil davomida, qonunosti hujjatlarining ijrosi esa ular kuchga kirgandan soʼng 3 yil davomida majburiy ravishda har yili monitoringdan oʼtkazilishi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining “Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 3605, 2025-yil 7-fevral) buyrug‘ining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.