21/02/2025

      Joriy yilning 21-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

      Seminarda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari belgilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2025-yil 30-yanvar kungi PF-16-sonli Farmonining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.

     Shuning bilan birga, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo'shatishga taqiq joriy etilganligi, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta'til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o'rtacha ish haqini hisoblash tartibi, mehnat ta'tili bo‘yicha o'zgartirishlarni nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar haqida belgilangan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2025-yil 13-fevral kungi O‘RQ-1030-sonli Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.

      Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.