03/03/2025

    Joriy yilning 3- mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Mamlakatimizda statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini ilg‘or xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida barcha subyektlarni haqqoniy va sifatli statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  2025-yil 24-fevral kungi PF-27-sonli Farmoni haqida tushuntirildi.

Shuningdek, statistik kuzatuvlarni o‘tkazish va ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, sohada islohotlarni jadallashtirish hamda xalqaro tashkilotlar ishtirokida kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi tuzilmasida “Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish” ofisi  tashkil etilishi haqidagi, Milliy statistika qo‘mitasining tuzilmasi hamda asosiy vazifalari va funksiyalari haqidagi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil  24-fevral kungi PQ-75-sonli qarorining  mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida eshittirildi.  

Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.