Joriy yilning 20-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 2025-yil 19-mart kungi O‘RQ-1048-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatishi va davlat xaridlari jarayonida ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 11-mart kungi qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.