07/04/2025

    Joriy yilning 7-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti bilan birgalikda ikki oy muddatda tizimning statistika faoliyati bilan shug‘ullanadigan xodimlarini bosqichma-bosqich statistika uslubiyoti va amaliyoti, milliy statistika tizimining xalqaro uslubiyotlarga mosligi hamda uni takomillashtirish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikdan o‘tkazish va natijasi bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida test sinovidan o‘tkazish choralarinining ko‘rilishi haqida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 24-fevral kungi 106-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.

Shuning bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 24-fevral kungi PQ-75-sonli qarorining  mazmun-mohiyati hamda ushbu qarorning ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining Nizomi to‘g‘irisida Boshqarma va tuman, shahar statistika bo‘limlarining e’tiboriga etkazildi.

 

Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.