Joriy yilning 14-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025 - 2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 8-aprel kungi 210-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida, jumladan, Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari hamda Davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tizimlashtirish, byudjet barqarorligini taʼminlash va intizomini kuchaytirish orqali byudjet taqchilligini qisqartirib borish, byudjet ochiqligini taʼminlash, soliq maʼmurchiligini yaxshilash va uning samaradorligini yana-da oshirish, byudjet xarajatlari natijadorligiga erishish, davlat qarzini makroiqtisodiy xavfsiz darajada ushlab turish va Davlat byudjeti likvidliligini oshirish Strategiyaning asosiy maqsadlari hisoblanishi haqida ma’lumotlar berildi.
Shuning bilan birga, seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish hám qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2025-yil 11-aprel kungi 221-sonli qarorining hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2773-11 bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘ining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.