Joriy yilning 21- aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-mart kungi “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-52-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-115-sonli qarorining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar berildi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasiga asosan Davlat statistik hisobotlarini taqdim etish tartibi buzilgan holatlarda ma’muriy ishlarning ko‘rilib chiqilish hamda rasmiylashtirish tartibi haqida, Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni elektron hisobga olish Axborot tizimi orqali ariza taqdim qilishda unga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risida batafsil tushuntirildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.