25/06/2025

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2025- yilning 1- iyun holatiga chet el investitsiyasi ishtirokida 164 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shundan 67 tasi qo‘shma va 97 tasi xorijiy korxonalardir.

Shuningdek, bu ko‘rsatkich tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulushi sanoat sohasiga (48,8 foiz) to‘g'ri kelmoqda.

Sohalar kesimida esa ular quyidagicha:

sanoat sohasida - 80 ta

savdo sohasida - 35 ta

qurilish sohasida - 14 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida - 10 ta

axborot va aloqa sohasida - 3 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida - 3 ta

tashish va saqlash sohasida - 1 ta

sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida - 1 ta

boshqa sohalarda - 14 ta