Joriy yilning 4-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.
Seminarda nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nogironlik pensiyasi va kompensatsiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibini belgilash to‘g‘risida”gi 2025-yil 30-iyun kungi 398-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.
Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.