2025-yilning yanvar-may oylarida Bo‘zatov tumanida 47,7 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,1 % ni tashkil etgan. Respublikadagi ulushi 0,4 % ga to‘g‘ri kelmoqda. Xizmatlar hajmida yuqori ulushni moliyaviy, transport va savdo xizmatlar egallagan. Aholi jon boshiga ko'rsatilgan xizmatlar hajmi esa 2 186,8 ming so'mni tashkil etmoqda.