2025-yil 1-iyul holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 33 493 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 331 taga oshib, o‘sish sur’ati 100,9 foizni tashkil etdi.
Ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishni hosil qildi, 2025-yil 1-iyul holatiga:
2021-yil – 24 538 ta
2022-yil – 26 425 ta
2023-yil – 31 120 ta
2024-yil – 33 162 ta
2025-yil – 33 493 ta