2025-yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan hajm 1 364,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 106,6 % ni tashkil etdi. Ularning jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmidagi ulushi esa 13,4 % ga yetdi.