05/08/2025

2025-yil 5-avgust kuni WESP “Tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi” doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti tomonidan statistika organlari faoliyati doirasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Xususan, tadbirkor ayollarga:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qarori – “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori;
  • O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi O‘RQ-707-son Qonuni – “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunining asosiy jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Bundan tashqari, seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasi yuzasidan ham tushunchalar berildi. Unda davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etish, hamda hisobotlarni belgilangan muddatda taqdim etmaslik holatlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ma’muriy javobgarlik choralari haqida ma’lumotlar yetkazildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda fikr-mulohazalarini bildirishdi.