2025-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollar bosh soni 1 237,5 ming taga yetdi. O‘sish sur’ati 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 102,0 % ni tashkil etdi. Yirik shoxli qoramollar bosh sonini xoʻjalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi – 1 157,2 ming bosh dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.