08/08/2025

2025-yil 8-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun "Korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari" mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda ishtirokchilarga:

  • O‘zbekiston Respublikasi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni,
  • hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Seminar davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy ongi va axloqiy mas’uliyatini oshirish, shuningdek korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, fikr-mulohazalar bildirildi va mavzuga oid atroflicha javoblar berildi.