2025- yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 12,6 ming tonna meva va rezovorlar yetishtirildi. O‘sish sur’ati 2024- yilning mos davri bilan solishtirganda 109,0 % ni tashkil etdi. Meva va rezovorlar yetishtirish koʻrsatkichlarini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, meva yetishtirishning eng katta hajmi – 6,8 ming tonna dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.