17/09/2025

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda barcha toifadagi xoʻjaliklarda 137,1 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan.

Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davri bilan solishtirganda 105,9 % ni tashkil etdi.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha ularning hajmi quyidagicha:

fermer xo‘jaliklarida – 106,6 ming tonna

dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida – 14,6 ming tonna

qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 15,9 ming tonna