30/09/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi boʻyicha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 25,7 trln soʻmga yetgan.

Ularning asosiy qismi  xorijiy investitsiya va kreditlar hisobiga toʻgʻri kelmoqda.

Ushbu koʻrsatkichning moliyalashtirish manbalari boʻyicha dinamikasi quyidagicha:

— respublika byudjeti  – 2,2 trln soʻm;

— korxona va tashkilotlar mablagʻlari  – 2,8  trln soʻm;

— tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari – 1,7  trln soʻm;

— xorijiy investitsiya va kreditlar – 12,8  trln soʻm;

— boshqa moliyalashtirish manbalari – 6,2  trln soʻm.