13/10/2025

Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekiston 19 ta xorijiy davlatga qiymati 78,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 86,2 ming tonna yangi uzilgan uzum eksport qilgan.

Uzum eksporti 2024-yilning mos davriga nisbatan 33,6 ming tonnaga yoki 64 foizga oshgan.

8 oyda Oʻzbekiston eng koʻp uzum yetkazib bergan davlatlar:

Rossiya – 63,4 ming tonna;

Qozogʻiston – 15,2 ming tonna;

Qirgʻiziston – 4,5 ming tonna;

Belarus – 2,8 ming tonna;

Ukraina – 101,3 tonna;

Boshqa davlatlar – 149,5 tonna.