21/10/2025

Joriy yilning 21-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma axborot xizmati bosh mutaxassisi S. Kaipov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan muborakbod etdi. U o‘z nutqida ona tilimizning bugungi kundagi nufuzi, jamiyatdagi mavqei va uni asrab-avaylash zarurligi haqida atroflicha fikr bildirdi.

Shuningdek, tadbir davomida Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Odilbek Ashirov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni va uning ahamiyati haqida keng qamrovli tushunchalar berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar ona tilimizni ulug‘lash, uni sevish va e’zozlash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani haqida mushtarak fikrga kelishdi.