22/10/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi 59,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11,1 mlrd AQSH dollariga yoki 22,9 % ga oshgan.

Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida:

Eksport – 26,7 mlrd (+33,3 %)

Import – 33,1 mlrd (+15,6 %) AQSH dollarini tashkil etdi.

Oʻzbekiston tashqi savdo hamkor davlatlari soni 206 taga yetdi.

Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (19,1 %), Rossiya (15,7 %), Qozogʻiston (5,8 %), Turkiya (3,6 %) va Koreya Respublikasi (2,2 %) hissasiga toʻgʻri keldi.