07/11/2025

2025- yil yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 66,1 ming tonna kartoshka yetishtirildi. O‘sish sur’ati 2024- yilning mos davriga nisbatan 100,6 % ni tashkil etdi. Kartoshka yetishtirish koʻrsatkichlarini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, kartoshka yetishtirishning eng katta hajmi - 44,8 ming tonna dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.