10/11/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 370,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,2 mln dona mobil telefon import qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 219,9 ming donaga yoki 7,4 % ga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p telefon yetkazib bergan davlatlar:

Xitoy – 2 488 985 dona

Vetnam – 619 249 dona

BAA – 65 332 dona

Hindiston – 31 858 dona

Koreya – 4 862 dona

Boshqa davlatlar – 2 246 dona