05/12/2025

Joriy yilning 4-dekabr kuni Shumanay tumani hokimiyatining majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistikasi boshqarmasi bosh yuriskonsulti tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari, tegishli tashkilot xodimlari hamda shtab a’zolari uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmonig hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 629-sonli qarorining  mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida tushuntirildi.

Seminar ishtirokchilari  fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarinining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.