Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 8 trln so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 5,9 % ga oshgan.
Hududlar kesimida qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Resp. – 6,7 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 410,4 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 81,7 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 146,2 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 37,4 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 43,7 mlrd so‘m
Namangan viloyati – 210,1 mlrd so‘m
Samarqand viloyati – 517,6 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 3,6 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 23,4 mlrd so‘m
Toshkent viloyati – 2,2 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 478,4 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 239,3 mlrd so‘m
Toshkent shahri – 3,6 trln so‘m




