23/12/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 403 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11 % ga o‘sgan.

1-dekabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 86 197 tani tashkil etdi.

Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 443,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 12,8 % o‘sishni qayd etdi.

1- dekabr holatiga respublikamizda ulgurji savdo sohasida 51 497 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.