Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida qariyb 7 mln nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 1,3 mln nafarga yoki 23 % ga oshgan.
Joriy yilning 11 oyida Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp safar qilgan TOP-10 davlat:
Qirgʻiz Respublikasi — 3,1 mln nafar;
Qozogʻiston — 1,3 mln nafar;
Tojikiston — 1,2 mln nafar;
Rossiya — 399 ming nafar;
Saudiya Arabistoni — 296,4 ming nafar;
Turkiya — 251,1 ming nafar;
BAA — 126,3 ming nafar;
Misr — 61 ming nafar;
Xitoy — 46 ming nafar;
Vyetnam — 35,6 ming nafar.




