06/01/2026

Bugun, Shumanay tumani hokimligining majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va tumanlarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarida axborot tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.

Unda, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Bekbergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasining bosh mutaxassisi G.Smaylova, shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari, mahalla bankirlari, maktab psixologlari va patronaj xodimlar ishtirok etdi.

Seminar davomida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, axborot tizimlaridan foydalanish tartibi, ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.