Bugun ushbu farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari B.Allakov rahbarligida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik apparati xodimlari hamda vazirlikka qarashli respublika, shahar va tuman idoralarining rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi mutaxassisi A. Kamalov tomonidan sensus.stat.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha tushunchalar berilib, platformaning imkoniyatlari keng tanishtirildi.







