O'zbekiston Respublikasi Vаzirlаr Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi “O'zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 629-son qaroriga muvofiq, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar vа Toshkent shahrining ikkitadan umumiy o'rtа ta'lim maktabida ro'yxatga olishning aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini ommalashtirish uchun tashkil etilayotgan “Statistika sinflari”ni kompyuter texnikalari bilan jihozlash belgilangan.
Yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan Nukus shahar 33-sonli hamda Kegeyli tumanidagi 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga kompyuter jamlanmalari yetkazib berildi.









