Joriy yilning 15-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.
Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil
6-mayda 3829 ro‘yxat raqami bilan roʻyxatdan o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida tushuntirildi.
Shuningdek, seminar davomida O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasiga asosan Davlat statistik hisobotlarini taqdim etish tartibi buzilgan holatlarda ma’muriy ishlarning ko‘rilib chiqish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.





