12/06/2026

Joriy yilning 12-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda yoshlarning sunʼiy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Sunʼiy intellekt yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President ai award) tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 2026-yil 5-iyun 288-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Seminar davomida Milliy statistika qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i V.To‘xtayev tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holati yuzasidan Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasida o’tkazilgan o‘rganish natiyjalari haqida aytib o‘tildi.

Shuningdek, davlat organlari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida halollik, xolislik, ochiqlik hamda adolat tamoyillarini ta’minlash maqsadidan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyun kungi OʻRQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni haqida tushuntirildi.

Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.