Joriy yilning 26-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik va jazo choralarini kuchaytirishga, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy va hududiy kengashlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq roʻyxatini belgilashga, korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarning xavfsizligini taʼminlashga, davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaviy omillarni qisqartirishga, shuningdek yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirilishini yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 2026-yil 22-iyun kungi OʻRQ-1155-sonli Qonunining mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.






