Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 13 346,7 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 100,9 foizni tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi:
— xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar — 7 675,1 mlrd so‘m;
— korxona mablag‘lari — 2 613,8 mlrd so‘m;
— O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar — 746,7 mlrd so‘m;
— aholi mablag‘lari — 910,8 mlrd so‘m;
— respublika budjeti — 581,4 mlrd so‘m;
— tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 757,1 mlrd so‘m;
— Moliya vazirligi huzuridagi suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi — 61,8 mlrd so‘m.




