Joriy yilning 10-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.
Seminarda odam savdosiga qarshi kurashish bilan shugʻullanuvchi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish, odam savdosidan jabrlangan yoki jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni aniqlash va ularni ijtimoiy hamda boshqa xizmatlar bilan qamrab olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadi haqida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash va ularni jamiyatga integratsiya qilish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2026-yil 3-avgust kungi PF-146-sonli farmonining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida tushuntirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavzular yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.





