So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 8279,6 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 81,8 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylari holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 598,7 ming. so‘mni 2023-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 105,8 % tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida import hajmi 126,4 mln. AQSH dollarini va 2023-yilning mos davriga nisbatan 126,7 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 65,2 % i to‘g‘ri kelib 2023-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 103,1 % ni tashkil etgan holda  1 933,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Amudaryo tumanida 2024-yilning 1-iyul holatiga ro‘yxatga olingan xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni 10 tani tashkil qilib, 8 tasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2024-yilning 1-iyul holatiga Nukus shahrida jami 441 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 291 tani tashkil etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2024-yil yanvar-iyun oylaridagi ulushi 72,3 foizni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha uyushmagan savdo tovar aylanmasi 721,9 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2023-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 119,9 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-iyun oylari holatiga koʻra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 88,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 137,1 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 2 828,0 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 456,1 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 169,2 % ni tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Qorqalpog‘iston Respublikasida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 142,5 mlrd. so‘m yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 1,4 % ga to‘g‘ri keldi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 156,5 tonna pechenye ishlab chiqarilgan.

Statistik ma’lumotlar jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflash va boshqarishning eng muhim vositasidir.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida eng katta hajmni telekom-munikatsiya xizmatlari egallaydi.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 2 965,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 108,6 %  ni tashkil etdi.