So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining chakana savdo tovar aylanmasi 9229,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 106,0 % ga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlari hajmi 3 196,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yil yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 463,7 mln. AQSH dollariga yetdi va 2022-yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan 86,4 % ni tashkil etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 21,5 % ni tashkil etdi yoki1149,0 mlrd.so‘m miqdorida qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 50,5 ming tonna kungaboqar yogʻi ishlab chiqarilgan.

Statistika tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh va salohiyatli xodimlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan bugungi kunda eng so‘nggi chet el texnologiyalarida sutni qаytа ishlаb chiqaruvchi sanoat korxonasiga ekskursiya tashkil etildi.

Joriy yilning 1-dekabr holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlarning soni 43 370 tani tashkil etgan.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,8 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 731,4 ming tonna koʻmir qazib olingan.

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 721,1 tonna shokolad plitkalar ishlab chiqarilgan.Mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9 barobarga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-noyabr oylari qurilish sohasida jami 4 575 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar- sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 1483,9 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Bo‘zatov tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 498 tonna sabzavotlar yetishtirildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Tortkul tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 29,8 mln. dona tuxum yetishtirildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Qo‘ng‘irot tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 8 124 tonna donli ekinlar yetishtirilgan bo'lib, o'sish sur'ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 96,0 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Xo‘jayli tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 40,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 122,5 %ni tashkil etgan.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Ellikqal’a tumanida chakana savdo tovar aylanmasi 546,8 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning shu davriga nisbatan 105,2 % ni tashkil qildi.