So'nggi yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yil 1-dekabr holatiga koʻra faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 22 731 tani tashkil etib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 barobarga oshgan. Ularning soʻnggi yillarda oʻsish dinamikasi quyidagi koʻrinishda aks etdi:
27/12/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpag‘iston Respublikasida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 2043,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 28,9 % ini tashkil etdi va o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 124,7 % ni tashkil etdi.
2022-yilning noyabr oyida mehmonxona xizmatlari narxlari oktabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 1,1 % ga oshgan.
27/12/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 1,0 mlrd. AQSH dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan.
26/12/2022 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3 660,3 ming tonna chaqiq tosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 2,3 martani tashkil etdi.
2022-yilningyanvar-noyabr oylarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 4675,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 108,0 % ni tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining import hajmi 215,5 mln. AQSh dollarini va 2021- yilning mos davriga nisbatan 100,7 % ni tashkil etdi.
Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijga qiymati 17,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18,1 ming tonna anor eksport qilgan.
2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sanoatining sanoatdagi ulushi 0,5 % ni, fizik hajm indeksi 110,2 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 70,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
26/12/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 15,4 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 3,9 % ga o‘sgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 2116,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Benzin narxlari noyabr oyida oktabr oyiga nisbatan 2,2 % ga arzonlashgan.
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 5,1 ming tonna kivi import qilingan.
23/12/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 60,7 % ni, fizik hajm indeksi 102,4 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 8335,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
23/12/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-noyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4762,4 ming so‘mga yetdi.
2022- yilning yanvar-noyabr oylari yakuni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 550,4 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 35,9 mln. AQSh dollariga yoki 93,9 % ni tashkil etdi.
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 702,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 27 526 ta yengil avtomobil import qilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qozoq tilida taʼlim beriladigan umumtaʼlim muassasalari soni qancha?
23/12/2022 • So'nggi yangiliklar
2021/2022- oʻquv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qozoq tilida taʼlim beriladigan umumtaʼlim muassasalari soni 33 tani tashkil etgan.
23/12/2022 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning noyabr oyida Qozogʻistondan 164660 nafar fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan, ulardan:
313-sahifa 380 dan