So'nggi yangiliklar

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 17,4  ming tonna misdan quvurlar ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida 70,6 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 4 623,9 mlrd so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 96,5 % ini tashkil etdi.

2024- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollar bosh soni 1 213,6 ming taga yetdi.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Ellikqal’a  tumanida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 41,7 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 117,5 % ni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Ellikqal’a tumanida 447,5 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,0 % ni tashkil etgan.

2024- yilning 1- sentabr holatiga Ellikqal’a tumanida ro‘yxatga olingan xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni 10 tani tashkil qilib, 5 tasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2024- yilning 1- sentabr holatiga Ellikqal’a tumanida jami 256 ta oilaviy korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, faoliyat ko‘rsatayotganlari esa 200 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 11- sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tuman statistikasi bo‘limi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yilning 1- sentabr holatiga jami 15 865 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

2024- yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2 803,0 milliard so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 29,6 % ini tashkil etdi.

2024- yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 129,9 ming tonna donli ekinlar yetishtirildi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida  Qorao‘zak tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 443,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,4 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida savdo sohasidagi xizmatlar hajmi 1 trln 778,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning 1-sentyabr holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 129 ta bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 13,0 foiz ulushini tashkil etdi.

2023- yilning dastlabki yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi norasmiy iqtisodiyotida 323 290,9 mlrd soʻm yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.