So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 27-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K. Omarov Nukus shahri statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi P.Omirova bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.
Joriy yilning 27-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Bekmuratov Taxiatosh tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi G.Qarabaev bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so‘rovnomasi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi.
27/02/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida Bo‘zatov tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 39,8 mlrd.so‘mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,4 % ni tashkil etdi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Ellikqa’la tumanida 2024-yilning 1 yanvar holatiga ro‘yxatga olingan xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni 8 tani tashkil qilib, 4 tasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
2023-yil yanvar-dekabr oylarida Chimboy tumanida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi milliy valyutada 247,4 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 88,7 foizni tashkil qildi.
27/02/2024 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Qorao‘zak tumanida jami 316 ta nikoh va 54 ta nikohdan ajralish holati qayd etilgan bo‘lib, ajrimlar soni 2022- yilning mos davriga nisbatan 14 taga kamaygan.
Joriy yilning 27-fevral kuni Qanliko‘l tumani statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi S.Ataubayev tomonidan tumanda yakka tartibdagi avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkizildi.
27/02/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yilning yanvar oyida jami 444 096 nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
27/02/2024 • So'nggi yangiliklar
2023-yil yakunlariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha savdo, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 1 753,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
27/02/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 27-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasinda "O‘zkomnazorat" inspeksiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy bo‘limi mutaxassislari ishtirokida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
27/02/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yilning yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida kimyo sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 57,3% bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 6,6% ga kamaygan va ishlab chiqarish hajmi 703,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2024-yil yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 48,1 mln. AQSH dollariga yetdi va 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 130,5 % ni tashkil etdi.
27/02/2024 • So'nggi yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 31,1 % ni tashkil etdi yoki 78,9 mlrd.so‘m miqdorida qayd etildi.
27/02/2024 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 1,3 ming tonna sovun ishlab chiqarilgan.
2023-yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi2 540,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 6,5 % ga o‘sdi.
27/02/2024 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 85,1 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan.
2024-yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 11,5 mlrd. so‘m yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 0,7 % ga to‘g‘ri keldi.
26/02/2024 • So'nggi yangiliklar
2024-yilning yanvar oyida jami 7 022 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
160-sahifa 372 dan