So'nggi yangiliklar

Davlat statistika qo’mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich va MDH statistika qo’mitasi raisi Sokolin Vladimir Leonidovich Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida o’tkazilayotgan sinov tariqasida aholini ro’yxatga olish ishlari bilan tanishdi.

 2021- yil yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1513,3 mlrd. so‘mni yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi  61,5 % ni tashkil etdi.

oriy hisobot davrida ham asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 1816,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 32,8 % ini tashkil etdi.

 Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2020- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 1,5 % punktga ko‘paydi va 16,8 % ni tashkil etdi. Qolgan   83,2 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 1,5 % punktga kamaydi.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 6,2 % ni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-sentabr oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,0 % punktga ko‘paydi.

 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 71,5% i to‘g‘ri kelib, 2020- yilning yanvar-sentabr oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 2,8 % punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2020- yilning mos davriga nisbatan 105,9 % ni tashkil etgan holda 2460,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida mamlakatimizda 20,5 ming tonna margarin ishlab chiqarilgan.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 1530,9 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 27,6 % ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 12,2 % i yoki 675,4 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi.

2021- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,6 % ni tashkil etdi.

2021- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 475 349 ta tashkil etdi.

2021- yil yanvar - sentabr oylarida respublikamizda jami 70 275 tonna baliq ovlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra   2021- yilning yanvar-sentabr oylarida qurilish ishlari hajmining 71,5 % i kichik korxona va mikrofirmalar  hissasiga to‘g‘ri kelib,  2020- yilning mos davriga nisbatan osish sur’ati 105,9 % ni tashkil etgan holda 2460,2  mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Qoraqalpog‘iston respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra 2020- yilda kichik korxona va mikrofirmalarning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2 602,6 mlrd. so‘mni  tashkil etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 3886,6 mlrd.so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 103,3 % ni tashkil etdi yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 55,9 % ni tashkil qildi.

O'zbekiston Respublikasida yanvar-sentabr oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016- yilning mos davri bilan solishtirilganda 161,7 foizga oshgan bo‘lib, yillar kesimida quyidagicha qayd etilgan:

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 22- oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri Yuridik texnikumi o'quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g’risida"gi 710-son Qarori  ijrosi yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.

2020- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha sanoat tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati 5 514,5 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2016- yilga nisbatan 23,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 19,6 % dan 26,9 % gacha oshdi.