So'nggi yangiliklar

Uy xo‘jaliklarida tanlanma kuzatuvlari davom etmoqda Joriy yilning 15-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T. Ganiev va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri V. Askarova  bilan birgalikda Nukus shahri “Nawbahar”MFYga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yilning yanvar-aprel oylarida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 63,6 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 96,4 % ni tashkil etgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar 184 355 nafarni tashkil etib, o‘g‘il bolalar 135 280 nafar, qiz bolalar 49 075 nafarni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-aprel oylarida, shaxsiy xizmatlar hajmi 3 330,3 mlrd. soʻmga teng boʻldi.

Joriy yilning 16-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Bekmuratov To‘rtko‘l tumanida xizmat safarida bo‘lib, tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Karimov bilan birgalikda «Istemol narxlari indeksi» kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o‘rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lmotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 9 819 ta bo‘lib, joriy yilning yanvar-may oyida ushbu sohada 1 335 ta korxonalar yangi tashkil etilgan.

Joriy yilning 16- iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari K.Omarov, hamda Xo'jayli tuman statistikasi yetakchi mutaxassis I. Ibragimov bilan birgalikda Xo'jayli tumanida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.

Joriy yilning yanvar-may oylarida 2 589,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 16- iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Bekmuratov, hamda To‘rtko‘l tuman statistikasi bosh mutaxassis R. Samanov bilan birgalikda To‘rtko‘l tumanida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.

2023-yil yanvar-aprel oylarida ijara xizmatlari 2 177,3 mlrd. soʻmga yetib, jami koʻrsatilgan xizmatlar hajmida ularning ulushi 1,6 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 1-iyun holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan sanoat sohasidagi korxonalar soni 106 982 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 156,9 foizni tashkil etdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizdagi kasb-hunar maktablar soni 337 tani tashkil etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 758,5 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 110,8 % ini tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-may oylarida respublikamizda savdo sohasida 14 814 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Joriy yilning 15- iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Bekmuratov, hamda Ellikqal'a tuman statistikasi bo‘lim boshlig‘i  D. Tangirbergenov bilan birgalikda Ellikqal'a tumanida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda sport-taʼlim muassasalari va seksiyalarida futbol bilan shugʻullanadiganlar soni jami 63 318 kishini tashkil etgan boʻlsa, shundan ayollarning ulushi 1 455 nafar (2,3 %) ni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-aprel oylari natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 398,8 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 133,2 % ni tashkil etdi.