So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 434,0 ming tonna sut ishlab chiqarildi.

2023- yilning yanvarida shakar bir oyda 1,4 % ga arzonlashdi.

Oʻzbekistonda 2023- yilning yanvar oyida 18 032 ta nikoh tuzish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2022-yilda turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolarining soni jami 5 163,2 ming nafarni tashkil etdi. 2021-yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 2 968,3 ming nafarga, yaʼni 2,4 baravarga oshgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAHM tarkibidagi ulushi 29,6 % ni, sanoat – 23,6 % ni, qurilish – 8,3 % ni va xizmatlar sohasi – 38,5 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 10-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i birinchi o'rinbosari S. Bekmuratov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi o'rinbosari Sh. Kazakova  bilan birgalikda Nukus shahri “Nawbahar” MFYga borib, hozirda uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga tushgan xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

Joriy yilning 10-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Omarov Nukus shahri statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi P.Omirova bilan birgalikda «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarini o‘rgandi.

2023- yilning yanvar oyida jami 6 075 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

2022- yilning yanvar - dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining jami qurilish ishlaridagi ulushi 69,4 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar oyida karam narxlari bir oyda 2,0 % ga oshgan boʻlsa, 2022- yilning yanvariga nisbatan 26,3 % ga arzonlashdi.

2022/2023 o‘quv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 5014 nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2018/2019  o‘quv yili boshiga nisbatan 3381 nafarga oshganini  ko‘rish mumkin.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida moliyaviy (129,3 %), aloqa va axborotlashtirish (125,5 %) va taʼlim sohasidagi (115,3 %) xizmatlarda yuqori oʻsish surʼatlari qayd etildi.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra 2 324 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 274 ga yoki 13,4 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasibo‘yicha nikohdan ajrashganlarning 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 2 067 kishini, har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,1 promilleni tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 11148,6 tonna baliq ovlandi.

 

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5310,8 ming so‘mga yetdi.

2023- yilning yanvarida nok narxlari 2022-yilning yanvariga nisbatan 17,6 % ga past boʻldi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 387,0 mln. dona tuxum ishlab chiqarildi.