So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 13-iyun kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari K.Omarov Xo’jayli tumanida xizmat safarida bo’lib, tuman statistika bo’limi etakchi mutaxassisi A. Idrisov bilan birgalikda «5-narx (oʻrtacha)» haftalik kuzatuvi so’rovnomasi bo’yicha tanlanma kuzatuviga tushgan savdo obyektlariga borib narx-navolarni o’rgandi va registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lumotlarni shaffof va aniq kiritilishi bo’yicha o’rganishlar olib bordi.
2023-yil yanvar-aprel yakunlari boʻyicha sogʻliqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 2 278,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Ushbu hajmning nisbatan yuqori ulushi shifoxona muassasalarining xizmatlari - 41,6 %. Shifokorlik amaliyoti va stomatologiya sohasidagi xizmatlar - 27,1 %, sogʻliqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlari - 30,2 % ni tashkil etdi.
13/06/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4,0 ming tonna maishiy elektr jixozlarining qismlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 1 092,7 tonna maishiy elektr jixozlarining qismlari ishlab chiqarildi.
13/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning 1-iyun holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 480 415 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 68 428 tani tashkil qildi.
2023-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda sport-taʼlim muassasalari va seksiyalarida boks bilan shugʻullanadiganlar soni jami 36 072 kishini tashkil etgan boʻlsa, shundan ayollar ulushi 1 410 nafar (3,9 %) ni tashkil etdi.
2023-yilning yanvar-aprel oylarida, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 270,4 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami “kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar” hajmidagi ulushi 12,9 % ni tashkil etdi.
13/06/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 166,0 tonna paxtadan tikuv iplari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 23,1 % ga oshgan.
2023-yilning 1-iyun holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 23 419 ta boʻlib, oʻsish surʻati 2019-yilning mos davriga nisbatan 153,2 foizni tashkil etdi.
13/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 360,6 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 martani tashkil etdi.
13/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami 5 004 nafar Italiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan, ushbu koʻrsatkichni 2022-yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda (2022-yil yanvar-aprel oylarida 1 051 nafar) 3 953 nafarga yoki 4,8 martaga oshganini kuzatish mumkin.
13/06/2023 • So'nggi yangiliklar
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (KTYADR) axborot tizimini takomillashtirish va axborot xavfsizligini taminlash hamda foydalanuvchilarga qulay tarzda ma’lumot taqdim etish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan veb-modul ishlab chiqildi.
12/06/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2,8 ming tonna qoplar va paketlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 49,1 % ga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 0,6 ming tonna qoplar va paketlar ishlab chiqarildi.
12/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning 1- iyun holatiga respublikamizda jami 34 410 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ulardan 2 128 tasi joriy yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etildi.
12/06/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 52,9 mln. litr gazlangan tabiiy mineral suvlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 20,9 % ga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 21,3 mln. litr gazlangan tabiiy mineral suvlar ishlab chiqarildi.
12/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-aprel oylarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 1 528,2 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
12/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning 1-yanvar holatiga O'zbekiston Respublikasida 126 ta madaniyat va istirohat bogʻlari mavjud. Ushbu bogʻlarning umumiy maydoni1 209,2 gektarni tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasida madaniyat va istirohat bogʻlariga tashriflar soni 6 255,6 ming kishini tashkil etdi.
12/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 38 938 taga (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yetib, ularni so’nggi yillarning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:
12/06/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 5 881,1 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 155,9 % ni tashkil etdi.
257-sahifa 379 dan